TOShKENT, 30-iyun - Sputnik. Yil boshidan buyon O‘zbekistonda jinoyatchilik 41,9 %ga oshdi, deb xabar qilmoqda Yuksalish harakati Bosh Prokuratura ma’lumotiga asosan.
"2020 yilning dastlabki 5 oyida 17 271 ta jinoyat qayd etildi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5 100 taga (41,9 foizga) ko‘p demakdir", - deyilgan xabarda.
Eng ko‘p oshgan jinoyatchilik turlari: bezorilik - 2,5 baravar, firibgarlik va poraxo‘rlik - 2 baravar, bosqinchilik - 94 %, o‘g‘irlik - 60 %dan ko‘proq miqdorda oshgan.
Jinoyatlar soni eng ko‘p oshgan hududlar bu: Farg‘ona viloyati - 143%, Qashqadaryo viloyati - 78%, Toshkent viloyati - 43%, Toshkent shahri - 19% va Samarqand viloyati -18 % miqdorida qayd etilgan.