Yana Xitoyda: yangi pandemiyani keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan virus aniqlandi

Virus yaqinda o‘zini namoyon qilgan, uning tarqatuvchisi cho‘chqalar sanaladi, ammo infeksiya odamlarga ham yuqishi mumkin
Sputnik

TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Xitoyda olimlar yangi pandemiyani keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan ilgari ma’lum bo‘lmagan cho‘chqa grippi shtammini aniqladilar. Ular o‘tkazgan tadqiqot natijalari Proceedings of the National Academy of Sciences ilmiy jurnalida e’lon qilingan.

Pekinda topilgan virus Uxandagidan ko‘ra yuqumliroq - mutaxassis

Maqola mualliflarining ta’kidlashiga ko‘ra, virus yaqinda o‘zini namoyon qilgan, uni cho‘chqalar tarqatgan, ammo infeksiya odamlarga ham yuqishi mumkin. Tadqiqotchilar Xitoyning o‘ntacha provinsiyasida 2011-yildan 2018-yilga qadar cho‘chqa grippini kuzatib borganlar. Shu vaqt ichida cho‘chqalardan 30 mingga yaqin burun mazoklari olingan. Buning natijasida cho‘chqa grippini chaqiradigan 179 turdagi gripplarni ajratishga muvaffaq bo‘lingan.

Serologik tadqiqotlar cho‘chqalarni parvarishlash ishlarida qatnashgan 338 ishchining 35 nafarida (10,4 %) ushbu shtammga antitanachalar borligini ko‘rsatgan.

Ushbu antitanachalar aksariyat hollarda 18 dan 35 gacha bo‘lgan yosh toifasidagi odamlarda ishlab chiqilgan.

Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, hozirgi virusning o‘ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, u mutlaqo yangi, shu paytgacha tarqalgan cho‘chqa gripplariga mutlaqo o‘xshamaydi, odamlarda ham bu virusga qarshi immunitet juda past yoki umuman mavjud emas.