Toshkentda 500ta elektromobil taksi paydo bo‘ladi

Toshkentda elektr quvvatidan 400 kilometr yuradigan elektromobillar paydo bo‘lishi mumkin. Xitoydan ana shunday mashinalarning 2xilini olib kelishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 30-iyun - Sputnik. Toshkentda Xitoyda ishlab chiqarilgan elektromobillar paydo bo‘ladi, bu haqida poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar qildi. 

Xitoyning Baic kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan elektromobillar 100% elektr quvvatida harakatlanadi. Elektromobil 53 K/Vtli akkumulyator bilan jihozlangan bo‘lib, bir quvvatlanishda shahar ichida 419 km masofani bosib o‘tishi mumkin. Trassada bir maromda harakatlanganda 540kmgacha masofani bosib o‘tadi.

O‘zbek yigiti “Jiguli”dan elektromobil yasadi

Elektr narxini hisobga olganda 1km masofa 50-60 so‘mga tushadi. Bu albatta benzin va gazda harakatlanuvchi avtomobillardan ko‘ra arzon. Ham ekologik toza. 

Shu sababli poytaxtlik tadbirkorlardan biri ana shunday avtomobillardan taksi xizmati uchun 500 dona xarid qilishni rejalashtirmoqda. 

Bunday elektromobilni O‘zbekistonga olib kirishda bojxona soliqlari to‘lanmaydi, faqat 15% QQS to‘lanadi. Ayni damda 2ta model taqdim etilgan. Birinchisi sedan ko‘rinishidagi avtomobil bo‘lib uning narxi 25 ming dollar. QQS bilan 29 minggacha boradi. 

Ikkinchi avtomobil - kichik krossover formatida bo‘lib u ancha arzonga tushadi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan birga 20 ming dollar atrofida. Avtomobillar ABS, YeBD, navigator ma multimedia tizimlar, kameralar bilan jihozlangan.