Shahram G‘iyosovning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

WBA International chempionlik kamari uchun kechadigan jang AQShning Oklaxoma shtatida bo‘lib o‘tadi. Shahramga raqib sifatida meksikalik Fransisko Roxo ringga ko‘tariladi.
Sputnik

TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Rio-2016 Olimpiadasining kumush medal sovrindori, professional boksda mag‘lubiyatsiz odimlayotgan o‘zbekistonlik bokschi Shahram G‘iyosov navbatdagi jangini 15-avgust kuni o‘tkazadi.

Jang AQShning Oklaxoma shtati Talsa shahrida bo‘lib o‘tadi. Shahram G‘iyosovga ushbu jangda meksikalik Fransisko Roxo raqiblik qiladi. Jang WBA International chempionlik kamari uchun kechadi.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilda Shahram G‘iyosov kolumbiyalik bokschi Darley Peresni 30 soniyada mag‘lub qilib,  WBA xalqaro chempioni unvonini qo‘lga kiritgan edi.