TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Samarqand viloyatida 27-iyun kuni ikki boshli chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda “Zamon” informatsion tahliliy dasturida ma’lum qilindi.
Siam egizaklarining ditsefal turiga mansub bo‘lgan qizlar viloyat perinatal markazida 27-iyun kuni kesarcha kesish usuli bilan dunyoga keltirilgan. Ularning tanasi bitta, bir juftdan qo‘l va oyog‘i bor, yuragi o‘pkasi, oshqozoni va bachadoni ikkitadan. Dunyoga kelgan vaqtida uning vazni 4,6 kilogrammni, bo‘yi 48 santimetrni tashkil etgan.
29 iyun kuni chaqaloq Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga o‘tkazilgan.
Chaqaloqda nafas va yurak yetishmovchiligi bor. Bola doimiy namlangan va ilitilgan kislorod bilan nafas olmoqda. Chaqaloqning ahvoli og‘ir.
Homiladorlikning 21-haftasida qilingan skriningda homilaning nuqsoni borligidan ota-onasi xabar topgan.