TOShKENT, 30-iyun - Sputnik. Koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinasining uchta prototipi muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi, deb xabar beradi RIA Novosti “Vektor” markazi bosh direktori Rinat Maksutovga tayanib.
“Hozirgi kunda COVID-19 kasalligiga qarshi vaksinalarning uchta prototipi immunitetni shakllantirish qobiliyatiga oid sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi. Bular olingan natijalar bo‘yicha dori vositalarning eng ilg‘oridir”, - dedi Maksutov RIA Novostiga.
Uning ta’kidlashicha, markazda 100ta hodimdan ortiq bir necha guruhlar yangi avlod vaksinalari ustida ishlamoqda.
“Eng muhimi, vaksinatsiya qilinadiganlarni kasallikdan himoya qilish. Bu himoyani yaratadigan xavfsiz dorini yaratish eng katta qiyinchilik”, - dedi Maksutov.
Avvalroq, Bosh vazir o‘rinbosari Tatyana Golikova “Vektor” markazini COVID-19ga qarshi vaksina yaratishda yetakchilardan biri deb atadi.
Koronavirus pandemiyasi dunyoning deyarli barcha davlatlarini qamrab oldi. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, kasallanganlarning umumiy soni 9,8 milliondan oshdi, ulardan 495 ming kishi vafot etdi.
Rossiyada 641 mingdan ortiq koronavirus infeksiyasi holati aniqlandi. 403 mingdan ortiq bemor davolandi.
O‘zbekistonda kasallanganlar soni 8222 tani, davolanganlar 5496 kishini tashkil etadi. 24 kishi vafot etdi
Rossiya, O‘zbeksiton va dunyoda COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat to‘g‘risidagi ma’lumotlar stopkoronavirus.rf ma coronavirus.uz portallarida keltirilgan