Rossiya FXX Vladikavkazda terakt oldini oldi - uni IShID* tarafdori tayyorlagan

Xavfsizlik kuchlari ma’muriy binolarning biriga hujum uyushtirmoqchi bo‘lgan 1990-yilda tug‘ilgan erkakni hibsga olishdi. Terakdan so‘ng u Yaqin Sharqqa ketishni rejalashtirgan.
Sputnik

TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Shimoliy Osetiya poytaxtida teraktning oldini oldi, deb xabar qildi idora matbuot xizmati.

"Vladikavkaz shahrida terrorchilik xurujining oldi olindi. Ma’muriy binolardan biri yaqinidagi qo‘lbola usulda tayyorlangan portlovchi moslamani qo‘yishga tayyorgarlik ko‘rayotgan 1990-yilda tug‘ilgan Rossiya fuqarosi qo‘lga olindi", deyiladi xabarda.

Teraktdan so‘ng, terrorchi IShID* xalqaro terrorchilik uyushmasi faoliyatida ishtirok etish uchun Yaqin Sharqqa ketishni rejalashtirgan edi.

Qo‘lga olingan shaxsning pana joyidan portlovchi moslamaning tarkibiy qismlari topilgan. Bundan tashqari, u chet elda joylashgan "Islom davlati" jangarilari bilan yozishmalar olib borgan.

Jinoiy ish "Terrorchilik tashkilotining faoliyatida ishtirok etish" moddasi bilan qo‘zg‘atildi, yaqin orada unga teraktni uyushtirish to‘g‘risida moddani qo‘shish rejalashtirilmoqda.

Keyinchalik xavfsizlik xizmati hibsga olish jarayoni aks etgan videoni namoyish qildi.

Rossiya FXX Vladikavkazda terakt oldini oldi - uni IShID* tarafdori tayyorlagan

Iyun oyi o‘rtalarida FXX direktori Aleksandr Bortnikov Rossiyada so‘nggi o‘n yil ichida 160taga yaqin teraktlarning oldi olingani haqida bayonot bergandi.

* "Islom davlati" (ID, IShID) - Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilot.