“Malibu” kelib urilgan “Jiguli” ichida ikki kishi tiriklayin yonib ketdi

“Malibu” haydovchisi qarama-qarshi yo‘nalishdagi “VAZ 2101” mashinasi bilan to‘qnashib ketgan. “VAZ 2101” haydovchisi va yo‘lovchisi yong‘in chiqqan salonda qolib ketgan.
Sputnik

TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Surxondaryo viloyatida ikki kishi dahshatli yo‘l-transport hodisasi qurboni bo‘ldi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilmoqda.

YTH 29-iyun kuni soat 23:30 da Qiziriq tumanidagi 4R 100 avtomobil yo‘lining 81 kilometrida sodir bo‘lgan. “Malibu” haydovchisi 31 yoshli Z.T. Bandixon-Qiziriq tumani yo‘nalishida harakatlanib, qarama-qarshi yo‘nalishdagi 56 yoshli O‘.X.ning boshqaruvidagi “VAZ 2101”ning  yo‘liga chiqib ketgan. Natijada old o‘ng tomoni bilan uning old chap tomoni bilan to‘qnashgan.

“Malibu” kelib urilgan “Jiguli” ichida ikki kishi tiriklayin yonib ketdi

YTH oqibatida “VAZ 2101” rusumli avtomashinada yong‘in chiqqan.

“Haydovchi O‘.X. va old o‘rindig‘ida yo‘lovchi sifatida ketayotgan 50 yoshli A.J.lar yong‘in natijasida avtomashina salonida qolib ketib, hodisa joyida vafot etgan”, - deyilgan xabarda.

“Malibu” kelib urilgan “Jiguli” ichida ikki kishi tiriklayin yonib ketdi

Mazkur holat yuzasidan JKning 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.