Tramp NYT᾽ning Rossiya haqidagi maqolasini buyurtma deb atadi

Amerika prezidentining so‘zlariga ko‘ra, nashr tayangan manba hatto mavjud ham emas. Bu navbatdagi buyurtma maqoladir.
Sputnik

TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp The New York Times gazetasini tanqid qilib, uning Rossiya Afg‘onistondagi Amerika harbiylari o‘limiga aloqador haqidagi maqolasini buyurtma deb atadi.

“Ehtimol, bu shunchaki soxta (The New York) Times᾽ning navbatdagi yana bir buyurtma maqolasi, ularning Rossiya haqidagi muvaffaqiyatsizlikka uchragan uydirmasi kabi (2016 yildagi prezident saylovlarida Rossiya bilan til biriktirganlik ayblovi  - tahr.). Kim ularning manbasi?”, - deya yozgan Tramp tvitterda.

​U nashrni o‘z manbasini oshkor etishga chaqirgan. Eslatib o‘tamiz, The New York Times maqolasida ma’lumot, jumladan, asirga olingan jangarini so‘roq qilish vaqtida olingan ta’kidlangan edi. Ammo biror bir aniq tafsilot va dalil keltirilmagan edi.

“Hech kim meni, vitse-prezident Maykl Pensni yoki Oq uy xodimlari apparati rahbari Mark Medouzni yolg‘on xabarlar tarqatuvchi “The New York Times”ning “anonim manba”siga tayanib xabar berganidek, rossiyaliklarning Afg‘onistondagi askarlarimizga hujumi haqida ogohlantirmagan. Hamma buni inkor qilmoqda, bizga hujum ham qilinmagan edi”, - deya qo‘shimcha qilgan Tramp.

26 iyun kuni New York Times jurnalistlari maqola chop qilishdi. Unda ta’kidlanishicha, go‘yoki Rossiya “Tolibon”* terrorchilik guruhi a’zolariga Afg‘onistondagi Amerika askarlarining boshi uchun mukofot taklif qilgan.

Nashrning fikriga ko‘ra, bularning barchasi toliblar bilan tinchlik bitimini barbod qilishga qaratilgan edi.

Avvalroq Oq uy Donald Trampga Rossiya go‘yoki toliblarga Afg‘onistondagi AQSh harbiylariga hujum qilish evaziga mukofot taklif etgani haqida xabar qilmaganini ma’lum qilgan edi.

Rossiya TIV amerika harbiylari buyurtma qotilligida rus harbiy razvedkasining aloqadorligi to‘g‘risidagi xabarni feyk deb atadi.

* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilot