Toshkentda halqa yo‘lida 4ta yangi yo‘l o‘tkazgich quriladi – qonun loyihasi

Toshkentda avtomobil yo‘llari infratuzilmasini rivojlantirish uchun 2023-yilga qadar 1 trillion so‘m mablag‘ ajratiladi.
Sputnik

TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Transport vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligi poytaxning 2020-2030 yillardagi yo‘l-transport inftratuzilmasini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishdi.

Yangi konsepsiyaga ko‘ra, yaqin 1,5 yil ichida (2021 yil oxiriga qadar) Axmad Donish va Nurafshan ko‘chalarida 5ta qism, Toshkent halqa yo‘lining Beruniy ko‘chasidan Orzu ko‘chasigacha va Malika savdo markaziga chulgan qismi hamda Farg‘ona yo‘li ko‘chalari va Yangi Sergeli ko‘chasi rekonstruksiya qilinadi.

Undan tashqari Toshkent halqa yo‘lining Qorasaroy, Bog‘ishamol, Forobiy va Amir Temur shoh ko‘chalari bilan kesishmalarida 4ta yo‘l o‘tkazgich quriladi. Undan tashqari Xurshid va Amir Temur ko‘chalari kesishmalarida hamda, Cho‘ponota va Qipchoq ko‘chalari kesishmalarida ko‘priklar quriladi.

Shuningdek, Chirchiq darosi bo‘ylab 16 km masofa qisqartirilishi munosabati bilan ozod bo‘lgan yerlar savdoga chiqariladi. U yerda uzunligi 656 km bo‘lgan piyodalar va velosiped yo‘laklari qurish loyihasi tasdiqlanadi.

Moliya vazirligi ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun 2023-yilga qadar 1 trillion so‘m mablag‘ ajratadi.