TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda tasdiqlangan koronavirus holati 8031 taga yetdi. Yangi holatlardan 14 tasi Toshkent va 4 tasi Jizzaxda aholi orasida aniqlangan.
“2020 yil 29-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 8031 (+83) nafarni tashkil etmoqda”, - deyilgan Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.
Yangi kasallanganlarning 47 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida, 32 nafari Toshkent shahrida (shundan 18 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 14 nafari aholi orasida), 4 nafari Jizzax viloyatida (barchasi aholi orasida) aniqlangan.
Shu kunga qadar 5329 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (66 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 2680 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 19 nafari og‘ir, 6 nafari o‘ta og‘ir ahvolda.