Olmaliq kombinatida ilk bor sof palladiy olindi

OGMK 2-yil ichida mis rudasi qoldiqlaridan palladiy ishlab chiqarishning innovatsion uslubini yo‘lga qo‘ydi.
Sputnik

TOShKENT, 29-iyun - Sputnik. Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ilk bor yuqori tozalikdagi 99,00% sof palladiy kukunini olishga erishildi.

Tozalangan sof palladiy kukuni ajratib olish uchun 24 soat vaqt 17 ta jarayonni bosib o‘tish kerak bo‘ladi. Oldin ushbu jarayon uchun 3 baravar ko‘p vaqt 50dan ziyod operatsiya talab qilinar edi, deyilgan xabarda. 

Kombinatda so‘ngii 2-yil ichida ishlab chiqilgan yangi uslubga ko‘ra, qimmatbaho metall mis ishlab chiqarish chiqindi shlam mahsulotlarining qayta ishlangan elektrolit eritmalaridan ajratib olinadi. Past konsentratsiyali elektrolit eritmalaridan metallning 80 %gacha  ajratib olish OGMKning katta yutug‘idir. 

Jahon bozorida palladiy platinadan 7%ga qimmat turadi. Ushbu nodir metalldan asosan tibbiyot(stomatologiya), elektronika, mashinasozlik va kimoviy ishlab chiqarish tarmoqlarida keng foydalaniladi.

Palladiy dunyoning atigi bir necha mamlakatda ishlab chiqariladi. Ushbu sanoatining 40 % - JAR, Rossiya, Shimoliy Amerika va Zimbabveda joylashgan. Palladiyning asosiy xaridorlari esa - Yaponiya, Xitoy, Yevropa va Shimoliy Amerika davlatlaridir.