Norinda maktab o‘quvchisi mashinada uch ayolni urib yubordi: qurbon bor

Namangan viloyatida onasining nomida bo‘lgan “Damas”ni boshqargan o‘smir bir ayolning umriga zomin bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Namangan viloyatida mashina boshqargan o‘smir bir kishining o‘limiga sababchi bo‘ldi. Bu haqda Namangan viloyati IIB axborot xizmati xabar qilmoqda.

Rulda uxlab qoldi: “Qamchiq” dovonida jiddiy YTH sodir bo‘ldi

Hodisa 28-iyun kuni sodir bo‘lgan. Norin tumanida yashovchi, maktabning 9-sinf o‘quvchisi onasining nomida bo‘lgan “Damas” mashinasini boshqargan. U harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, o‘zidan oldinda ketayotgan uch nafar piyoda ayollarni urib yuborgan.

Natijada piyodalar og‘ir tan jarohati olgan. Ulardan biri esa voqea joyida vafot etgan. Ikki nafari turli xil darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.