Moskvada T-34 tanki sotuvga qo‘yildi

Avito saytida T-34-85 tanki sotuvga qo‘yish haqida e’lon joylashtirildi. Savdoga qo‘yilgan jangovar mashina restavratsiya qilinib, qurolsizlantirilgan.
Sputnik

TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Avito saytida T-34-85 tanki sotuvga qo‘yilgani haqida e’lon joylashtirildi.

Kabriolet, tank va “Rolls-Royc”: Moskva retro-avto ko‘rgazmasi - foto

E’londa yozilishicha, jangovar mashina to‘liq restavratsiya qilinib, qurolsizlantirilgan. Tankning narxi ko‘rsatilmagan. 

Keyinchalik bu e’lon saytdan o‘chirildi. 

Bundan avval shu foydalanuvchi “Katusha” raketa tizimini sotuvga qo‘ygandi. Sotuvchi uning qiymatini 5,2 million rublga baholadi.

T-34-85 - afsonaviy T-34 tankining modifikatsiyasi hisoblanadi, 1944-yilda bu tank bilan Sovet qo‘shinlari qurollangan. O‘zidan oldingi tankdan asosiy farq – qurolning kalibri 85 mm.