Dollar tepaga, rubl esa pastga: O‘zbekistonda valyutalar kursi

Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 0,62 so‘mga ko‘tarildi.
Sputnik

TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 30-iyundan boshlab yangi qiymatini belgiladi.

Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 0,62 so‘mga ko‘tarilib, 10 173,38 so‘m tashkil qildi.

Yevro ham 43,42 so‘mga ko‘tarildi va 11 411,48 so‘mni tashkil qildi.

Rossiya rubli esa 0,42 so‘mga pasayib, 145,97 co‘mni tashkil qildi.