Chegaralar ochilgandan keyin Rossiyaga migrantlar oqimi qanday o‘zgaradi - mutaxassis prognozi

Millatlar ishlari bo‘yicha Federal agentligi rahbari maslahatchisi Viktoriya Ledeneva cheklovlar olib tashlaganidan keyin Markaziy Osiyo fuqarolari Rossiyaga ishlashga kelish-kelmasligi va bu vaziyatda epidemiologik vaziyat yomonlashmasligi uchun nima qilish kerakligi haqida.
Sputnik

Pandemiya Rossiya fuqarolariga ham, mehnat migrantlariga ham ta’sir ko‘rsatadigan juda jiddiy ijtimoiy muammolarni yoritib berdi, dedi Rossiya Fanlar akademiyasi Federal ilmiy-tadqiqot sotsiologik markazi Demografik tadqiqotlar instituti etno-demografik va integratsion jarayonlari bo‘limi boshlig‘i, Millatlar ishlari bo‘yicha Federal agentligi rahbari maslahatchisi Viktoriya Ledeneva, RFda mehnat migrantlari bilan bog‘liq joriy vaziyat bo‘yicha onlayn-konferensiyada.

“Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2020-yil aprel oyi holatiga, Rossiyada ishsizlar soni 4,5 milliondan oshdi va bu yakuniy ma’lumot emas. Va chegaralar ochilib, barcha cheklov choralar olib tashlanganidan so‘ng, RF fuqarolari ish izlay boshlaganini kuzatamiz, va ehtimol, ular past maoshli ishga kirishga rozi bo‘ladilar ham”, - dedi Ledeneva.

Rossiyada migrantlar patent olish uchun koronavirusga test topshiradi

Mutaxassisning ta’kidlashicha, chet el fuqarolari nafaqat Rossiyada, balki huddi shunday, o‘z mamlakatlarida ham ishsiz qolishgan. Uning fikricha, chegaralar ochilgandan keyin RFga mehnat migrantlari oqimi sezilarli darajada oshadi.

“Bu yerda, albatta, migratsiya oqimlarini tartibga solish to‘g‘risida gapirishimiz kerak: shunday qilishimiz kerakki, ular Rossiya iqtisodiyotiga foyda keltirishi va milliy xavfsizligimizga xavf tug‘dirmasligi kerak. Avvalo, epidemiologik vaziyat to‘g‘risida gapirmoqchiman. 27-iyundan boshlab RF Sog‘liqni saqlash vazirligining tibbiy ko‘rik paytida migrantlardan koronavirusga test topshirishlari kerakligi haqidagi buyrug‘i kuchga kirdi, ammo savol tug‘iladi: ular allaqachon COVID-19 bilan kasallangan holda chegarani kesib o‘tmadimi? Birinchi navbatda turishi lozim masala - bu odamlar kelayotgan davlatlarning o‘zida kasallikka tekshirilishi, agarda kasallik aniqlansa, migrantlar har qanaqasiga mehnat faoliyatini amalga oshirishga hujjat ololmaydi”.