Afg‘onistonda bozordagi portlash oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Hilmand viloyatidagi chorvachilik bozorida ro‘y bergan portlash oqibatida 10 kishi qurbon bo‘ldi, 15 kishi esa yarador bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Afg‘oniston janubida joylashgan Hilmand viloyatidagi chorvachilik bozorida ro‘y bergan portlash oqibatida 10 kishi qurbon bo‘ldi, 15 kishi esa yarador bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti mahalliy manbasiga tayangan holda xabar qilmoqda.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, qo‘lbola portlovchi qurilma “Tolibon”* harakat qiladigan Sangin tumanida harakatga kelgan.

Toliblar vakili Zabiulla Mujahid bomba harakatga kelganini inkor qilmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, askarlar bozorda minomot bilan o‘qqa tutishgan. Buning natijasida bir nechta tinch aholi halok va yarador bo‘lgan.

* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilot