Rossiyada migrantlar patent olish uchun koronavirusga test topshiradi

27 iyundan xorijliklar Rossiyada patent yoki ishlash uchun ruxsatnoma olish uchun COVID-19 ga test topshirishlari kerak bo‘ladi.
Sputnik

TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Rossiyada migrantlar 27-iyundan boshlab patent olish uchun koronavirusga test topshiradi. Tegishli farmon Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan qabul qilindi va kuchga kirdi.

Ma’lum qilinishicha, chet elliklar Rossiyada vaqtincha yashash uchun guvohnoma (RVP),  yashash guvohnoma (VNJ), patent yoki ishlash uchun ruxsatnoma olish uchun avval COVID-19 ga test topshirishadi.

Agar tahlil natijalari musbat chiqsa, yuqoridagi hujjatlarni bermaslik yoki bekor qilish uchun asos bo‘ladi.