TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Butun dunyo bo‘ylab tarqalib borayotgan koronavirus, afsuski, sport sohasi vakillarini ham chetlab o‘tmayapti. O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi koronavirus yuqtirib olgan eng taniqli 10 nafar sportchi ro‘yxatini keltirdi.
1. Paulo Dibala (Argentina) – “Yuventus” klubi futbolchisi;
2. Blez Matyudi (Fransiya) – “Yuventus” klubi futbolchisi, jahon chempioni;
3. Daniyele Rugani (Italiya) – “Yuventus” klubi futbolchisi;
4. Novak Jokovich (Serbiya) – tennis bo‘yicha 17 katta Katta dubulg‘a turnirlari g‘olibi, ayni damda jahonning birinchi raqamli tennischisi;
5. Mikel Arteta (Ispaniya) – “Arsenal” futbol klubi bosh murabbiy;
6. Abdulrashid Sa’dullayev (Rossiya) – erkin kurash bo‘yicha Rio-2016 Olimpiya o‘yinlari va 4 karra jahon chempioni;
7. Ismael Barrero Molina (Kuba) – yunon-rum kurashi bo‘yicha Rio-2016 Olimpiya o‘yinlari va 2 karra jahon chempioni;
8. Sharif Sharifov (Ozarbayjon) – erkin kurash bo‘yicha London-2012 Olimpiadasi chempioni, Rio-2016 Olimpiadasi bronza medali sohibi;
9. Kevin Durant (AQSh) – basketbol bo‘yicha ikki karra Olimpiya o‘yinlari va MBA chempioni;
10. Jorje Fonseka (Portugaliya) – dzudo bo‘yicha jahon chempioni
Ushbu ro‘yxatdagi ba’zi sportchilar kasallikdan butunlay forig‘ bo‘lishgan, ayrimlari esa belgilangan tartibda davolanishmoqda.