Koronavirusga qarshi vaksinaning klinik tadqiqotlari Moskva shahridagi ikkita tibbiyot muassasada ko‘ngillilar guruhida o‘tkazilmoqda. Iyul oxiriga qadar ularni yakunlash rejalashtirilmoqda.
Eksperimentda ishtirok etishga qaror qilganlarning ahvoli doimo shifokorlar nazorati ostida. Hozirda salbiy ta’sir kuzatilmagan. Ular o‘zlarini yaxshi his qilishayotgani va kelajakda ko‘plab insonlar hayotini asrab qolishda hissa qo‘shishlari mumkinligini ta’kidlashgan.