Mirziyoyev Namangan viloyatiga jo‘nab ketdi

Davlat rahbari tashrif davomida viloyatning qator tumanlarida bo‘lishi, aholi bandligi va farovonligini ta’minlashga qaratilgan loyihalar bilan tanishishi rejalashtirilgan.
Sputnik

TOShKENT, 26-iyun - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, yirik loyihalar bilan tanishish maqsadida Namangan viloyatiga jo‘nab ketdi.

Davlat rahbari tashrif davomida viloyatning qator tumanlarida bo‘lib, keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari, aholi bandligi va farovonligini ta’minlashga qaratilgan loyihalar bilan tanishishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, iyun oyi boshida Mirziyoyev aholi hayoti, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan tanishish maqsadida Farg‘ona viloyatiga safar uyushtirgan edi.