Qo‘lbola usulda tayyorlangan oltin tangalarni sotmoqchi bo‘lgan fuqarolar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi va viloyat DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Sputnik

TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Navoiy viloyatida oltin tangalarni noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi, bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

Qo‘lbola usulda tayyorlangan oltin tangalarni sotmoqchi bo‘lgan fuqarolar ushlandi

Xabarda aytilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi va viloyat DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, ikki nafar fuqaro qo‘lbola usulda tayyorlangan tangalarni muomalaga kiritib, noqonuniy daromad orttirish maqsadida 10 dona oltin tangani xaridor B.ga 2 250 AQSh dollariga sotgan vaqtida ushlanib, tadbir yakunida umumiy bahosi 24,4 mln so‘m bo‘lgan 12 dona oltin tangalar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.