TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Markaziy Osiyoning 2,6 millionga yaqin aholisi COVID-19 pandemiyasi tufayli qashshoqlik yoqasiga kelib qolishi mumkin.
Ushbu fikrni Markaziy Osiyoda Jahon bankining qashshoqlik va tenglik masalalari bo‘yicha iqtisodchisi Uilyam Zeyts bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, pandemiya oqibatlari avval boshida bashorat qilinganga qaraganda juda jiddiyroq ekan va vaziyat tez o‘zgarmoqda. Haddan tashqari qashshoqlik Markaziy Osiyoda keng tarqalmagan. Past-o‘rta daromadli mamlakatlarda kuniga odam 3,2 dollar daromad topadi.
“Bunga ko‘ra, Markaziy Osiyoda taxminan 1,4 million kishi bu yil pandemiya sabab qashshoqlikka yuz tutishi kutilmoqda”, - dedi Zeyts.
Shuningdek, iqtisodchi Jahon banki yuqori-o‘rta daromadli mamlakatlar, masalan, Qog‘og‘iston iqtisodiyotini tahlil qilish uchun foydalanadigan boshqa usul borligini ta’kidladi.
“Agar biz ushbu boshlanish bosqichidan (kuniga 5,5 dollar daromad topish) foydalansak, 2,6 million kishi qashshoqlik yoqasiga kelib qolishi mumkinligi kutilmoqda”, - dedi u.
Shu bilan birga, tahlilchi vaziyat o‘zgarishi mumkinligini ma’lum qildi, demak, baholar ham yangilanadi.
“O‘zbekistonda ommabop veb-saytda o‘tgan yilga qaraganda bo‘sh ish o‘rinlari soni barcha turdagi ishlar bo‘yicha taxminan 75 foizga, muayan sohalarda hatto 90 foizgacha qisqardi. Muqobil vaziyat Tojikistonda ham. Xuddi shunday vaziyat Qozog‘istonda ham kuzatilmoqda”, - deya ta’kidladi Zeyts.
Bundan tashqari, MO mamlakatlari fuqarolarining daromadlari pasayishiga chegaralar yopiqligi ta’sir ko‘rsatadi. Mehnat migratsiyasi va pul o‘tkazmalari hajmining pasayishi shu sabablardan biri.