Moskvada G‘alaba paradida qatnashgan o‘zbek harbiylari vatanga qaytib keldi

Qizil maydondan turli mamlakatlar, xususan O‘zbekiston harbiylari saf tortib o‘tdilar. Marshni tribunadan respublika rahbari Shavkat Mirziyoyevning shaxsan o‘zi kuzatdi.
Sputnik

TOShKENT, 25-iyun - Sputnik. Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 75-yilligiga bag‘ishlab Moskvada o‘tkazilgan paradda chiqish qilgan O‘zbekiston Qurolli Kuchlari vakillari Toshkentga qaytib keldi.

Bu yil parad 24-iyunda - 1945-yilda g‘oliblarning afsonaviy paradi o‘tgan kunda o‘tkazildi.

Parad barcha turdagi harbiy qismlar marshi, harbiy texnika namoyishi, shuningdek, aviatsiya qismidan iborat bo‘ldi.

Sobiq SSSR mamlakatlari harbiylari Moskvadagi G‘alaba paradida >>>

Qizil maydondan turli mamlakatlar, xususan O‘zbekiston harbiylari saf tortib o‘tdilar. Marshni tribunadan respublika rahbari Shavkat Mirziyoyevning shaxsan o‘zi kuzatdi.

Ulug‘ Vatan urishida erishilgan G‘alabaning 75-yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar Moskvadagi Lujneskaya naberejnayada otiladigan bayram salyuti bilan yakun topdi.