Bodibilding bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yopiq rejimda o‘tkaziladi

Proform sportklubida 6-8 avgust kuni soat 10.00dan 18.00gacha dastlabki ro‘yxatga olish amalga oshiriladi. 9-avgust kuni saralash bosqichi va final o‘tkaziladi.
Sputnik

TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Bodibilding bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yopiq rejimda o‘tkaziladi.

Go‘zallik - bu kuch: bodibilding bo‘yicha chempionat - foto

“Proform sportklubida 6-8 avgust kuni soat 10.00dan 18.00gacha dastlabki ro‘yxatga olish amalga oshiriladi. Ishtirokchi yonida pasport, ID-karta (agar bo‘lsa) bo‘lishi kerak va 30 ming so‘m miqdorida a’zolik to‘lovini to‘lash kerak”, - deyilgan xabarda.

Musobaqaga faqat oldindan ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilar qo‘yiladi.

Proform fitnes-klubida 9-avgust kuni saralash bosqichi va final o‘tkaziladi. Saralash musobaqalari har bir toifada aniq belgilangan vaqt ichida toifalar bo‘yicha o‘tkaziladi.

Final sxemaga muvofiq o‘tkaziladi, unda har bir toifaga tayyorgarlik ko‘rish uchun 30 daqiqa vaqt beriladi.