TOShKENT, 24-iyun - Sputnik. Moskvadagi Qizil maydonda G‘alaba kuni paradida O‘zbekiston, Armeniya, Belarus, Ozarbayjon, Hindiston, Xitoy, Serbiya, Turkmaniston, Qozog‘iston va boshqa davlatlarning harbiy xizmatchilari ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tantanali bo‘linmasi Toshkent harbiy okrugi qo‘mondoni birinchi o‘rinbosari Shokir Xairov boshchiligida safda yurib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, Moskvadagi paradda O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etmoqda, u Rossiyaga prezident Vladimir Putinning taklifiga binoan kuni kecha uchib ketgan.
Ulug‘ Vatan urushida 1,4 milliondan ortiq O‘zbekiston aholisi qatnashdi, ulardan 400 mingdan ortig‘i halok bo‘ldi, 130 ming kishi bedarak yo‘qolgan.