Reaksiya odatiymi? COVID vaksinasi ko‘ngillilarning mazasini qochirdi

Bundan oldin, 20 nafar ko‘ngillilardan iborat ikkinchi guruhi koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinani olganligi ma’lum bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 24-iyun - Sputnik. Koronavirus vaksinasini o‘zida sinayotgan ba’zi ko‘ngillilar modda kiritilganidan keyingi dastlabki soatlarda isitma va bosh og‘rig‘ini his qilishgan. Bu haqda seshanba kuni RIA Novosti Sechenov universiteti matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.

O‘zbekistonda koronavirus: 23-iyun asosiy xabarlari

Bundan oldin, 20 nafar ko‘ngillilardan iborat ikkinchi guruhi koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinani olganligi ma’lum bo‘ldi.

“COVID-19ga qarshi vaksinaning samaradorligi va xavfsizligini o‘rganishning birinchi bosqichi 18-iyunda Sechenov universitetida, dastlabki 18 ko‘ngilli vaksinatsiya qilinganida boshlandi. Dastlabki soatlarda ularning ba’zilarida emlashdan keyin minimal reaksiyalar kuzatildi - yengil isitma, bosh og‘rig‘i va shunga o‘hshashlari, va ular 24 soat ichida o‘z-o‘zidan to‘xtab qolgan”, - deyiladi universitet matbuot xizmati xabarida.

O‘zbekistonda aniqlangan koronavirus holati 6500 taga yetdi

Tadqiqotda ishtirok etish ixtiyoriy ekanligi ta’kidlanib, fuqarolar tadqiqot bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan foyda, xavf va noqulayliklar haqida ogohlantirildi.

“Koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinaga reaksiya boshqa inyeksiyalarda kuzatiladigan odatiy standart rekatsiya kabidir. Hozirda tadqiqotning barcha ishtirokchilari o‘zlarini yaxshi his qilmoqdalar”, - deya qo‘shimcha qildi Yelena Smolyarchuk, bosh ilmiy tadqiqotchi, Sechenov nomidagi Universitet dori-darmonlarni klinik o‘rganish Markazi rahbari.

Avvalroq Sputnik radiosi Rossiyada COVID-19 vaksinasini ishlab chiqarishning ehtimoliy muddatlari aniqlangani haqida xabar bergan edi.