Moskva G‘alaba paradi uchun qanday bezatildi - 10 ta yorqin fotosurat

Sputnik

Moskva G‘alaba paradi uchun qanday bezatildi - 10 ta yorqin fotosurat

Fuqarolar ushbu voqeani juda uzoq vaqt kutdi, COVID-19 pandemiyasi tufayli o‘z-o‘zini yakkalash va ko‘plab cheklovlar endi ortda qoldi.

Endi hammasi yakun topdi va bayram nihoyat nishonlanadi!

Poytaxt hokimiyati tayyorgarlikka puxta yondashdi: G‘alaba kuni paradiga Moskva bayroqlar va bayram ramzlari bilan bilan bezatildi.

Novoarbatskiy, Bolshoy Kamenniy, Bolshoy Moskvoreskiy ko‘priklarining panjaralari 700 dan ortiq bayroqlar bilan bezatildi.

Butun shahar bo‘ylab “G‘alaba ordeni” va “G‘alaba salyuti” dekorativ konstruksiyalari o‘rnatildi, “Triumfalnaya” arkasi yonida “Qahramon-shahar Moskva” yulduzi o‘rnatildi.

Poytaxt, shuningdek an’anaga ko‘ra, qizil bayroqlar va bayroqli naqshlar bilan bezatildi! Ularni deyarli hamma joyda ko‘rish mumkin: Triumfalnaya, Pushkinskaya va Manejnaya maydonlarida, shuningdek, Kreml va Moskvoreskaya sohilida.

Moskvaning ko‘rinishi juda tantanali va chiroyli!

Bezatishlar bilan bir qatorda, shahar hukumati bayram paytidagi e’tiborni reklama bannerlariga alohida qaratdi: hamma joyda yorqin tematik plakatlar joylashtirildi, elektron tablolarda G‘alabaning 75-yilligiga bag‘ishlangan videoroliklar uzatilmoqda.

G‘alaba paradi uchun bezatilgan Moskvaning chiroyli fotosuratlarini bizning fotolentamizda tomosha qiling!

1 / 10
Moskvadagi Tarix muzeyi oldida marshal Georgiy Jukov haykali oldidagi bezak.
2 / 10
Qizlar Moskvadagi Katta Tosh Ko‘prik oldida samokatlarda harakatlanishmoqda.
3 / 10
Moskvadagi Pushkin maydonida "G‘alaba-75" bayrog‘i va logotipi.
4 / 10
Moskvadagi Kutuzovskiy Prospektidagi Triumfal arka yonidagi "Moskva qahramon-shahar" yozuvi bo‘lgan yulduz.
5 / 10
Moskva Tverskaya metro bekati oldidagi bayroqlar.
6 / 10
Moskvadagi Mudofaa vazirligi binosi oldida G‘alaba Ordeni shaklidagi dekoratsiya.
7 / 10
Moskvadagi Dorogomilovskaya Zastava maydonidagi "Moskva - qahramon shahar" obeliski.
8 / 10
Moskva shahridagi Kutuzovskiy prospektidagi turar-joy binosi devoridagi bayroqlar.
9 / 10
Moskvadagi Mudofaa vazirligi binosi oldida G‘alaba Ordeni shaklidagi dekoratsiya.
10 / 10
Moskvadagi Pushkin maydonida "G‘alaba-75" bayrog‘i va logotipi.