O‘zbekistonda aniqlangan koronavirus holati 6500 taga yetdi

So‘nggi soatlarda 39 ta yangi holat aniqlangan. Jumladan, Toshkent shahri va Surxondaryoda aholi orasida aniqlangan.
Sputnik

TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda 39 ta yangi koronavirus holati aniqlandi.

“2020 yil 23-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6500 (+39) nafarni tashkil etmoqda”, - deyilgan SSV xabarida.

COVID-19ga qarshi immunitet atigi 2-3 oy saqlanib qoladi - Xitoy olimlari

Yangi kasallanganlarning 15 nafari karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 13 nafari Toshkent shahrida (shundan 12 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida), 11 nafari Surxondaryo viloyatida (shundan 9 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida) aniqlangan.

Shu paytga qadar 4450 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (68 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 2031 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 15 nafari og‘ir, 4 nafari o‘ta og‘ir ahvolda.