Qo‘pol muomalada bo‘lmang: Toshkent shahar IIBB xodimlari ogohlantirildi

Sergeli va Olmazor tumanlari Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmalarida O‘zbekiston IIVning ishchi guruhi va shaxsiy tarkib uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Sputnik

TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. Toshkent shahar IIBB xodimlari qonun va xizmat intizomi buzilishi, shuningdek, fuqarolar bilan qo‘pol muomalada bo‘lganlik uchun javobgarlik ko‘zda tutilgani haqida ogohlantirildi.

Poytaxt IIBB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Sergeli va Olmazor tumanlari Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmalarida O‘zbekiston IIVning ishchi guruhi va shaxsiy tarkib uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida ichki ishlar organlari faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash borasidagi ishlar samaradorligini yanada oshirish masalalari muhokam qilindi.

PPX xodimlariga fuqarolar bilan xushmuomala bo‘lish kerakligi eslatildi

Uchrashuvda IIVning Kadrlar bosh boshqarmasi, Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi, Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi mas’ul xodimlari hamda Toshkent shahar IIBB Faxriylar kengashi raisi – Bosh boshqarma boshlig‘ining maslahatchisi iste’fodagi polkovnik Murodjon Karimov va yosh xodimlarning ota-onalari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda 5 oy davomidagi xizmat hisoboti o‘qib eshittirildi. Xizmat intizomi buzilishi sabablari muhokama qilindi. Savol-javoblar orqali shaxsiy tarkibning respublika va poytaxtdagi hodisalar haqida xabardorligi tekshirildi. Shaxsiy tarkib bilan xizmat intizomini buzgan xodimlarning hatti-harakatlari muhokama qilindi.

“Tadbir yakunida ishtirokchilarni qonun va intizom buzilishi, fuqarolar bilan qo‘pol muomala uchun javobgarlik haqida ogohonlantirildilar”, - deyilgan xabarda.