Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib keldi

Moskva shahridagi “Vnukovo” aeroportida O‘zbekiston prezidentini Rossiya Hukumatining rasmiy shaxslari kutib oldi.
Sputnik

TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Rossiyaga keldi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Moskva shahridagi "Vnukovo" aeroportida davlat rahbarini Rossiya Hukumatining rasmiy shaxslari kutib oldi.

Tashrif dasturiga muvofiq, bugun kechqurun Kremlda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar bo‘lib o‘tadi.