TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. "Spy in the Wild" hujjatli serialidan video lavha taqdim etildi. Uning mualliflari 50 dona o‘ta realistik animatronik hayvon-josuslarini yaratishga muvaffaq bo‘ldi.
Loyiha hayvonlar hayotini kuzatish uchun ishlab chiqildi, deb xabar qildi "National Geographic Rossiya".
Komodo echkiemarlar hayotini o‘rganish uchun tadqiqotchilar kamera bilan jihozlangan robot-kaltakesak va to‘ng‘izlardan foydalandi.
Boshida ikki echkiemarning urg‘ochi uchun urishgani kamera obyektiviga tushdi. Keyinchalik echkiemarlar yaqin atrofda mexanik to‘ng‘izni payqashdi. Biri unga yaqinroq kelib, diqqat bilan qaradi va "o‘ljani" dumining kuchli zarbasi bilan yiqitdi.
Ko‘p o‘tmay sudralib yuruvchilar “yeb bo‘lmaydigan o‘lja” ekanligini tushunishdi va uni tezda unutishdi.