O‘zbek talabalari abituriyentlarga qulaylik yaratuvchi mobil ilova yaratishdi

TATU talabalari abituriyentlarga imtihon manzilini ko‘rsatib beruvchi “ImtihonGo” mobil ilova ishlab chiqishdi.
Sputnik

TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari “ImtihonGo” nomli maxsus mobil ilova yaratishdi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabar berdi.

Ilova 2020-2021-o‘quv yili qabulida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan binolarning geomanzilini ko‘rsatib beradi.

TATU talabalari kameralar yordamida niqobsiz fuqarolarni aniqlovchi dastur yaratishdi

Ilova mualliflari TATU magistri G‘.Nazarov hamda “Radio va mobil aloqa” fakulteti talabasi H.Baxtiyorovlardir.

Ilovaga oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan binolar ro‘yxati hamda geomanzillari to‘liq kiritilgan.

Agarda biror sabablarga ko‘ra DTM tomonidan ko‘rsatilgan manzillarda yangilanish vujudga kelsa, ilovani ham tezda yangilash, o‘zgartirishlarni tezda qo‘shish va bu o‘zgarishni foydalanuvchilarga yetkazish reja qilingan. Ilovani Google Play’da yuklab olish mumkin.