O‘tgan hafta tushgan dollar yana ko‘tarildi

Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. O‘tgan hafta arzonlashagan dollar bu hafta 20 so‘mga qimmatlashdi.
Sputnik

TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 23-iyundan boshlab yangi qiymatini belgiladi.

Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 20,86 so‘mga qimmatlashib, 10 172,76 so‘mni tashkil qildi.

O‘tgan hafta tushgan dollar yana ko‘tarildi

Yevroning rasmiy kursi tushishda davom etgan. Bu hafta 56,89 so‘mga arzonlashib, 11 368,06 so‘mni tashkil qildi.

Rossiya rublida ham ko‘tarilish kuzatilgan. Rubl 1 so‘mga qimmatlashib, 146,39 co‘mni tashkil qildi.