Samarqandda turizm qanday jonlanmoqda – foto

Sputnik

Koronavirus infeksiyasi tarqalishi sabab turizm sohasi minglab ish o‘rinlarni yo‘qotdi, Samarqand viloyatida turizm xizmatlari 90 million dollar zarar ko‘rdi.

Samarqand mamlakat aholi orasida ham katta shuhratga ega. Boshqa mintaqalardan Samarqanddagi bir necha ming yillik tarixiy obidalarni ko‘rish istagida bo‘lganlar bisyor.

Shavkat Mirziyoyev xizmat ko‘rsatish va ichki turizm sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazib, ichki turizmni yanada rivojlantirish zarurligi ta’kidlagan edi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, ichki turizm sohada 200 mingdan ziyod aholini ish bilan ta’minlash mumkin. Mutasaddilarga yangi ichki turizm marshrutlari ochish, ko‘chma dam olish maskanlarini ko‘paytirishga oid ko‘rsatmalar berilgan.

Samarqanddagi sayyohlik obyektlarida barcha sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilinmoqda. Kirish va chiqish joylarida dezinfeksiya yo‘lagi o‘rnatilgan va tashrif buyuruvchilarning harorati o‘lchanadi.

Pandemiyadan so‘ng asta-sekinlik bilan turizm jonlanayotgan Samarqand Sputnik fotojamlanmasida.

1 / 13
Barcha turistik obyektlarida xavfsilik choralari ko‘rilgan.
2 / 13
Siyob dehqon bozori
3 / 13
Kirish joylarida dezinfeksiya yo‘lagi o‘rnatilgan.
4 / 13
Kirish joylarida dezinfeksiya yo‘lagi o‘rnatilgan.
5 / 13
Koronavirus pandemiyasi sabab Samarqand huvillab qolgan
6 / 13
Tashrif buyuruvchilarning harorati o‘lchanadi.
7 / 13
Sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilinmoqda.
8 / 13
Mamlakatning birinchi prezidenti Islom Karimov haykali
9 / 13
Bibi Xonim madrasasi
10 / 13
O‘rnatilgan belgilar
11 / 13
Siyob bozori
12 / 13
Koronavirus infeksiyasi tarqalishi sabab turizm sohasi minglab ish o‘rinlarni yo‘qotdi, Samarqand viloyatida turizm xizmatlari 90 million dollar zarar ko‘rdi.
13 / 13
Samarqand mamlakat aholi orasida ham katta shuhratga ega.