TOShKENT, 22-iyun – Sputnik. Samarqanddagi Orzu Maxmudova ko‘chasida birinchi gastronomik ko‘cha paydo bo‘ladi. U yerda qahvaxonalar, restoranlar, novvoyxona va gastronomik butiklar tashkil qilinadi, dedi Samarqand shahar hokimi o‘rinbosari Botir Nurullayev Sputnik muxbiriga.
“Orzu Maxmudov, sobiq Zoya Kosmodemyanskaya ko‘chasi to‘liq obodonlashtiriladi. Biz bu ko‘chani gastronomik ko‘chaga aylantirish niyatidamiz. Bu yerda mahalliy aholi va mehmonlar yevropacha va turli millat taomlarini tatib ko‘rishi mumkin bo‘ladi. Loyihaning maqsadi – shaharda texnologiyalar va takrorlanmas atmosferani o‘z ichiga qamrab nafaqat turistlar balkim mahaliy aholi uchun ham xizmat qiladigan jamoatchilik joyi tashkil qilishdir”, - dedi hokim o‘rinbosari.
Ko‘cha bo‘ylab chiroqlar o‘rnatilgan, yangi me’moriy binolar qurilgan. Ayni damda u yerda trotuar plitkasi o‘rnatilmoqda.
Undan tashqari Samarqandda sayyohlar uchun tanishuv bog‘i ham tashkil qilish rejalashtirilmoqda. U yerda Alisher Navoiy, Islom Karimov, Pushkin va boshqa ko‘chalar paydo bo‘ladi. Universitet bulvari hududi ham turistik zonaga aylanatiriladi.