TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi va Gamaleya Epidemiologiya va mikrobiologiya milliy ilmiy tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan vaksina kamida ikki yil koronavirus infeksiyasiga qarshi immunitet bilan ta’minlaydi.
Gamaleya Epidemiologiya va mikrobiologiya milliy ilmiy tadqiqot markazi direktori Aleksandr Ginsburg “Krasnaya zvezda” gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qilishicha, preparat adenovirus konteynerlarini virusning “toj” oqsillarini “muzlatib” qo‘yuvchi genlarni yetkazib berish uchun ishlatiladi.
“Vaksina ikki marta kiritiladi. Buning ustiga bitta gen turli tashuvchilarga kiritiladi, bu nafaqat to‘liq himoya immunitetini olishga, balki uni uzaytirilgan vaqt davomida olishga imkon beradi”, - deya tushuntirdi Ginsburg.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ushbu vaksinani olgan kishi kamida ikki yil davomida, ehtimol, yana uzoq muddatga immunitetga ega bo‘lishini kafolatlaydi.
Ushbu preparatning uzoq muddat amal qilishi Rossiya Mudofaa vazirligi bilan Gvineyada Ebola virusiga qarshi vaksina ustidagi birgalikda ish jarayonida isbotlangan.
Aleksandr Ginsburg Rossiya aholisini ommaviy ravishda koronavirusga qarshi emlashni boshlash uchun 70 million dozagacha preparat talab qilinishini ma’lum qildi.
Mamlakat rahbariyati va sog‘liqni saqlash tashkilotlari ko‘ng ko‘lamda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan choralarni qabul qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ushbu koronavirusga qarshi vaksinaning klinik tadqiqotlari Moskva shahridagi ikkita tibbiy muassasada har biri 38 kishidan iborat ikkita ko‘ngillilar guruhida o‘tkazilmoqda. Iyul oxiriga qadar ularni yakunlash rejalashtirilmoqda.