Qozog‘istonda chaqmoq urishi oqibatida 69 bosh ot o‘ldi - voqea joyidan video

Qozog‘istonning Karanganda viloyatida chaqmoq urishi natijasida 69 bosh ot o‘ldi. Ko‘lda olingan video internetda tarqaldi.
Sputnik

TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Karanganda viloyatida chaqmoq urishi natijasida 69 bosh ot o‘ldi, deb xabar qildi Sputnik Qozog‘iston.

Voqea Karkarali tumanidagi Jarli qishlog‘i yaqinidagi Qayindiko‘l ko‘lida yuz berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 49 bosh katta ot va 20 bosh ot bolasi o‘ldi.