Putin uchrashuvlarga Trampga qaraganda yaxshiroq tayyorlanadi – Bolton

AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Jon Bolton Putin Trampga qaraganda uchrashuvlarga puxtalik bilan tayyorgarlik ko‘rishini ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh yetakchisi Donald Trampga qaraganda uchrashuvlarga yaxshiroq tayyorgarlik ko‘radi. Bu haqda AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Jon Bolton ABC News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Prezident Putin uchrashuvlarga puxtalik bilan tayyorgarlik ko‘radi. U suhbatlashayotgan kishilarini biladi. U nima demoqchi bo‘lgani haqida o‘ylaydi, erishmoqchi bo‘lgan maqsadlari haqida o‘ylaydi... Men o‘ylaymanki, ushbu tayyorgarlik, sinchkovlik va rejalashtirish darajasi Donald Trampga yotdir”, - degan Bolton. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Putinning hamisha u erishmoqchi bo‘lgan rejasi borligini qo‘shimcha qilgan.