COVID-19ga qarshi immunitet atigi 2-3 oy saqlanib qoladi - Xitoy olimlari

Koronavirusga qarshi antitanachalar vaqt o‘tishi bilan kamayib boradi. Kishida kasallik qanchalik yengil kechgan bo‘lsa - antitanachalar miqdori shuncha tez kamayadi.
Sputnik

TOShKENT, 22-iyun - Sputnik. Koronavirusga qarshi immunitet sog‘aygan bemorlarda atigi 2-3 oy saqlanib qoladi. Bu haqida Xitoy olimlari xulosasiga asosan Koronavirus Info kanali xabar bermoqda. 

"Mutaxassislar koronavirus infeksiyasining alomatlarsiz 37 ta holati va yana bir qator "klassik" (odatiy) holatlarini o‘rganib chiqishdi. O‘rganishlar asnosida 8 haftadan so‘ng aksariyat sog‘aygan bemorlarda antitanachalar miqdori kamaygani aniqlandi, kasallikning klinik alomatlari bo‘lmagan bemorlarda esa ular umuman aniqlanmagan", - deyilgan xabarda. 

8 hafta ichida antitanachalar miqdori alomatlarsiz bemorlarda 81%ga va COVID-19 alomatlari bo‘lgan virus tashuvchilarida 62%ga kamaygan.

Olimlarning xulosasiga ko‘ra, infeksiyani takroran yuqtirish ehtimoli katta. Vaqt o‘tganidan so‘ng — vaqt bilan bog‘liq masala —

Bugungi kun soat 17:00 holatiga O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 6400 dan oshdi. Bugun aniqlangan yangi bemorlar 43 kishini tashkil qildi. Ulardan 35 nafari — karantin markazidagi fuqarolar, 1 nafari — Toshkent shahrida aholi orasida va 7 nafari — Toshkent viloyatida bemor bilan muloqotda bo‘lgan.