O‘zbekistonda koronavirus yuqtirib olgan xorijlik sayyohlarga 3000 dollar to‘lanadi

O‘zbekistonda chet ellik sayyohlar uchun o‘ziga xos “xavfsizlik yostiqchasi”ga aylanadigan “O‘zbekiston - xavfsiz sayohat kafolatlangan” tizim joriy etilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. O‘zbekiston hududida koronavirus yuqtirib olgan turistlarga 3000 ming dollar miqdorida kompensatsiya to‘lanadi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” tayyorlagan reportajda ma’lum qilindi.

Ma’lum qilinishicha, mamlakatda chet ellik sayyohlar uchun o‘ziga xos “xavfsizlik yostiqchasi”ga aylanadigan “O‘zbekiston - xavfsiz sayohat kafolatlangan” (Uzbekistan/Safe travel guaranteed) sanitariya-epidemiologik xavfsizlik tizimi joriy etilmoqda.

“O‘zbekiston hududida tashkil etilgan sayohat davomida xorijiy turistlar koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan taqdirda, ularga 3000 ming dollar miqdorida kompensatsiya to‘lab beriladi”, - deyilgan xabarda.

Ma’lum qilinishicha, bu kabi amaliyot dunyoning ko‘plab davlatlarida keng qo‘llanilib kelinadi. Karantin vaqtida xorijlik turistlarga turoperatorlar tomonidan faqatgina “O‘zbekiston — xavfsiz sayohat kafolatlangan” reyestiridan o‘rin olgan obyektlar bo‘ylab amalga oshiriladi.