TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Poytaxtda 278-maktabning 11-sinf bitiruvchisi Razzoqova Mushtariy Ali qizi o‘zining o‘qishda erishgan yutuqlari va a’lo bilimlari uchun oltin medal sohibi bo‘ldi. Bu haqda Olmazor tumani hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Hokim va yoshlar” uchrashuvida shahar hokimi J.Ortiqxo‘jayev tomonidan Mushtariyga “Spark” rusumli avtomobil sovg‘a qilindi”, - deyilgan xabarda.
Joriy yilning yanvar oyida Olmazor tumanida istiqomat qiluvchi Mushtariy Razzoqova O‘zbekiston Milliy universitetining taekvondo fakultetiga talabalik safiga imtihonlarsiz qabul qilingan edi.