Britaniyada o‘quvchilarga o‘z dafn marosimlari mavzusida insho yozish topshirildi

Maktab o‘quvchilariga o‘z qabrlari ustida qaysi gullarni ko‘rishni xohlashlari va dafn marosimi vaqtida qanday musiqa chalinishi kerakligi to‘g‘risidagi savollarga javob berish taklif qilingan.
Sputnik

TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Buyuk Britaniyaning Lestor shahrida avliyo Pavel huzuridagi maktabning 8-sinf o‘quvchilariga o‘zlarining dafn marosimlari mavzusida insho yozish vazifasi topshirildi. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.

Tiriklayin ko‘milgan erkak qabrdan mustaqil chiqishga muvaffaq bo‘ldi

Bolalarga ushbu marosimga oid savollar bo‘lgan anketa jo‘natilgan.

Maktab o‘quvchilariga o‘z qabrlari ustida qaysi gullarni ko‘rishni xohlashlari va dafn marosimi vaqtida qanday musiqa chalinishi kerakligi to‘g‘risidagi savollarga javob berish taklif qilingan. Qolaversa, o‘quvchilarga ular dafn etilishi kerak bo‘lgan tobut dizaynini tasvirlash taklif qilingan.

Ta’lim muassasi allaqachon uzr so‘ragan va vazifa o‘quvchilarga xatolik sabab jo‘natilganini tushuntirgan.