Ayrim soliq imtiyozlari bekor qilinadi

Prezident farmoni bilan 2021-yil 1-yanvardan yosh oilalarga berilgan ayrim soliq imtiyozlari bekor qilinadi.
Sputnik

TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. “Alohida soliq va bojxona imtiyozlarini bekor qilish to‘g‘risida” prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq:

  • soliqlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan soliqlar bo‘yicha imtiyozlar, agar ularning o‘zida ushbu soliqdan ozod qilish to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ijtimoiy soliqqa nisbatan tatbiq etilmaydi;
  • O‘zbekiston norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslardan sotib olinadigan ishlar (xizmatlar) uchun QQS bo‘yicha berilgan imtiyozlar, O‘zbekistonda doimiy muassasalar orqali faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik shaxslar – norezidentlar tomonidan amalga oshiriladigan ishlar (xizmatlar)ga tatbiq etilmaydi.

Shuningdek, farmonga muvofiq prezidentning qator farmon va  qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilib, qator soliq imtiyozlari bekor qilinmoqda.

Jumladan, prezidentning PF-3878-son farmonida belgilangan yosh oila a’zolarining soliqqa tortiladigan ish haqi va boshqa daromadlarning shaxsiy uy-joy yoki ko‘p qavatli uyda xonadon qurish, ta’mirlash va sotib olish uchun olingan ipoteka kreditlari va ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni qoplash uchun yo‘naltirilgan mablag‘ni daromad solig‘idan ozod qilish to‘g‘risidagi norma 2021-yil 1-yanvardan bekor qilinadi.

Farmon 2020-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi.