TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. Bugun, 20-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6025 (+79) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 70 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 9 nafari Toshkent viloyatida xorijdan chegara post orqali respublikaga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida aniqlangan.
Ayni paytda 4273 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (70 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 1733 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 15 nafari og‘ir, 1 nafari o‘ta og‘ir ahvolda.