Yangi sensatsiya: koronavirus Italiyada dekabrdayoq bo‘lgani aniqlandi

Italiyalik olimlar Milan va turin oqava suvlarida koronavirus izlari 2019-yilning dekabrida bo‘lganini aniqlashdi.
Sputnik

TOShKENT, 19-iyun - Sputnik. Koronavirus o‘tgan yilning dekabr oyida Milan va Turinning oqava suvlarida bo‘lgan, deb xabar qilmoqda Italiya Oliy sog‘liqni saqlash instituti mutaxassislari. RIA Novosti xabariga asosan.

Olimlar 2019-yil oktabridan 2020-yil fevraligacha to‘plangan oqava suvlarning 40 namunasini o‘rganib chiqqanidan so‘ng ana shunday xulosaga kelishgan.

"Ikki xil laboratoriya teshkshiruvlaridan so‘ng 2019-yil 18-dekabrda Milan, Turinda va 2020-yil 29-yanvarda Bolonyada olingan suv namunalarida koronavirus RNKsi bo‘lganligi tasdiqlandi", - dedi institut vakili Juzeppina La Rosa.

Bundan tashqari, ushbu shaharlarning oqava suvlaridan yanvar va fevral oylarida olingan materialda virus izlari topilgan. Tadqiqot natijalari Evropada infektsiyaning tarqalishi xronologiyasiga shubha tug‘diradi, bu ilmiy jamoatchilik tomonidan qabul qilingan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda butun dunyoda deyali 8,3 million kishi koronavirus yuqtirgan, ulardan 450 ming nafari vafot etgan.

Italiya pandemiyadan eng ko‘p aziyat chekkan davlatlardan biri edi: taxminan 238 ming kishi virusni yuqtirgan, ulardan 34 mingi vafot etgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Italiyada birinchi marta yuqtirish holati yanvar oyida qayd etilgan.