Toshkentda yana 61 kishida koronavirus aniqlandi

O‘tgan sutka ichida O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holatlarining aksariyati Toshkent shahrida aniqlandi.
Sputnik

TOShKENT, 19-iyun - Sputnik. Bugun soat 08:00 holatiga  O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 5855 kishiga yetdi. O‘tgan 12 soat ichida yana 88ta yangi holat aniqlandi, deb xabar qilmoqda Koronavirus info portali. 

Yangi kasallanish holatlarining 61 nafari — Toshkent shahrida (shundan 51 nafari bemorlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olinganlar, 10 nafari — aholi orasida), 27 nafari — karantin markazidagi fuqarolar orasida aniqlangan.

O‘zbekistonda COVID-19 bilan kasallanish holatlari asosan xorijdan kelayotgan fuqarolar orasida aniqlanmoqda, degan edi SSV huzuridagi Respublika o‘lat, karantin va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar muhofazasi markazi vabo laboratoriyasi mudiri Ma’rufjon Madaminov. Mutaxassisning ta’kidlashicha, 50 foizdan 70 foizgacha koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holati xorijdan charter reys bilan olib kelingan va karantin markazidagi fuqarolarda aniqlangan.