Farmatsevtika institutida kontrakt 14 million so‘m bo‘lishi mumkin

Farmatsevtika instituti o‘zini-o‘zi moliyalash tizimiga o‘tishi munosabati bilan yillik kontrakt to‘lovi 14 million so‘m bo‘lishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 19-iyun - Sputnik. Ushbu o‘quv yilida Toshkent farmatsevtika institutida kontrakt to‘lovi 14 million so‘m bo‘lishi mumkin, deb xabar qilmoqda institut. 

"Toshkent farmatsevtika instituti ham 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab, to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan talabalar uchun to‘lov-kontrakt qiymati miqdorlarini bir talabani bir yillik o‘qitish xarajatlaridan kelib chiqgan xolda belgilashni rejalashtirilmokda", - deyilgan xabarda.

Ma’lum qilinishicha, karantin sabab to‘lov-kontrakt miqdori kamaytirilgan va taxminiy 14 million so‘m miqdorida bo‘ladi.

"Real xarajatlar hisobga olinsa 14 million so‘mdan anchagina ko‘p bo‘ladi", - deyilgan xabarda.

Xabarda shuningdek, o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan oliy ta’lim muassasasida to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati xam tomonlarning o‘zaro kelishuv bilan shartnoma asosida belgilanishi aytib o‘tilgan.