Dilshod Axatov O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi etib tayinlandi

Dilshod Axatov ilgari O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari, O‘zbekistonning Germaniyadagi elchisi lavozimida ishlagan.
Sputnik

TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. Dilshod Axatov O‘zbekistonning Hindistondagi yangi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Xabarda yozilishicha, u 18-iyun kuni O‘zbekistonning Hindiston favqulodda va muxtor elchisi sifatida Toshkentdan Dehli shahriga jo‘nab ketgan.

Axatov ilgari O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari, O‘zbekistonning Germaniyadagi elchisi lavozimida ishlagan.