Burgut qarmoqqa ilingan baliqni o‘g‘rilab ketdi - video

Kanadada burgut baliqchilardan ushlangan baliqni olib qochishi tasvirga olindi. Bu holat Kanadaning Vankuver orolidagi Kempbell darosi qirg‘og‘ida sodir bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. Kanadada burgut baliqchilardan ushlangan baliqni olib qochdi. Bu holat videoga olindi.

Yirtqich qushning ovi aks etgan video ViralHog YouTube-kanaliga joylashtirildi.

Ta’kidlanishicha, bu holat Kanadaning Vankuver orolidagi Kempbell darosi qirg‘og‘ida sodir bo‘ldi.

Video mualliflarining so‘zlariga ko‘ra, burgut ularning baliq tutayotganini payqab, osmonda aylana boshladi.

Burgut baliq qarmoqqa ilingan vaqtda suvga sho‘ng‘ib, o‘ljani ushlab uchib ketdi.